Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish

Sayyora Azlarova

Zamonaviy jamiyatda ayollarning o'rni yanada kengayib bormoqda. Bugungi kunda har qanday yirik kompaniyaning boshida ayol turishi mumkin. Xo'sh, ayollar tadbirkorligini qanday rivojlantirish lozim? Bu savolga javob topish uchun, Sayyora Azlarovaning vebinarida qatnashing!

Savdo-sotuv sohasidagi xodimlarni motivasiyasi va boshqaruvi

Alisher Rustamov

Tez orada yana bir vebinarimizga start beramiz! Bugungi mavzuimiz – savdoda xodimlarga motivatsiya berish. Qanday qilib xodimlarning ko'zlarida o't yondirish mumkin? Ularni to'g'ri boshqarish uchun nimalarga e'tibor berish kerak?

Agrobiznesda raqamlashtirish va innovatsiya

Sanjarbek Nasirbekov

Hozirgi zamonda barcha sohalar yangi texnologiyalar bilan boyitilmoqda. Agro sohasi ham bundan mustasno emas. Xoʻsh, agrobiznesda raqamli texnologiyalarni qanday qoʻllash mumkin? Bu savolga javob topish uchun, Sanjarbek Nasirbekovning vebinarida qatnashing!

Gilos daraxtini yetishtirish va unga shakl berish

Shuhrat Abrorov

Intensiv bog'dorchilik nimaligini bilasizmi? Biz ham unchalik bilmaymiz, lekin bugun Shuhrat Abrorov — intensiv bog'dorchilik bo'yicha tajribali mutaxassis o'z vebinarida barchamizga bu haqida so'zlab beradi. Giloslar haqida gaplashamiz. O'tkazib yubormang!

Maxsus tijorat taklifi

Baxtiyor To'xtayev

Biznesda eng zo'r bo'lish uchun har bir mijozga alohida e'tibor berish kerak. Buning uchun esa, har qanday muammo uchun maxsus taklif taqdim etish joiz. Aynan hozir Promarketing Uz asoschisi Baxtiyor To'xtayev o'z vebinarida shu haqida siz bilan o'rtoqlashadi.

GDF Agroxoldingi

Xusan Xaydarov

Agrosanoat mavzusidagi vebinarlarimiz davom etadi! Bu safargi mehmonimiz – Xusan Xaydarov GDF agroxoldingi sotuvlar bo'limi direktori. Bu safar sizlarga global, yirik agrosanoat sirlari haqida so'zlab beramiz. Qanday qilib Xitoy, Turkiya, Belgiya va Germaniya uskunalarini xarid qilib, butun O'rta Osiyoga eksportni yo'lga qo'yish mumkin?

Energiya samaradorligi va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda qayta ishlatiladigan energiya

Elbek Rixsiyev

Energiya barcha sohada juda muhim omil hisoblanadi. Ishlab chiqarishda ham, IT sohasida ham, hatto sportda ham energiya – muvaffaqiyat garovi. Yevropa Taraqqiyot va Tiklanish Banki mutaxassisi Elbek Rixsiyev aynan shu mavzuda o'z vebinarini o'tkazadi.

Savdo sotuvdagi telefon va elektron muloqot

Alisher Rustamov

Telefon orqali savdo qilish qiyin deb o'ylaysizmi? Albatta, bu juda ham oson ish emas: siz mijozni ko'rmaysiz, mijoz esa – sizni. Ammo, Alisher Rustamov (14 yillik tajribaga ega mutaxassis) telefon orqali qanday sotish kerakligini sizga o'rgatishga tayyor.

Eksportbop gilos yetishtirish sirlari

Shuhrat Abrorov

Vebinarlarimiz davom etmoqda! Bugun, mutaxassis Shuhrat Abrorov bilan O'zbekistondan turib chet elga gilos eksport qilish haqida gaplashamiz.

Sotuvlarda biznes instrumentlar: KPI, SWOT, SMART, taym-menedjment

Alisher Rustamov

Sotuvlar davomida biznes instrumentlar katta rol o'ynaydi: aynan ular yordamida tadbirkor rivojlanadi, xaridlar sonini oshiradi hamda daromad oladi. Xo'sh, hozirda qanday samarali Sotuv instrumentlari mavjud? Ularni qanday qo'llash zarur? Bu savollarga javob topish uchun, 14 yillik tajribaga ega malakali mutaxassis - Alisher Rustamovning vebinarida qatnashing!

Fikrlash transformasiyasi: bizning tadbirkor o'zgarishlar davrida nima qilishi kerak?

Hikmat Abdurahmanov

Tadbirkor fikrlashishi egiluvchan bo'lishi kerak. Har bir yangi vaziyatga moslashib, o'z fikrlashini o'zgarishlarga mos ravishda transformatsiya qilsa albatta muvaffaqiyatga erishadi. Bu haqida ba'tafsil sizlarga HMPartners (Ground Zero, Texnoplaza va yana 11 kompaniya ) asoschilaridan biri - Hikmat Abdurahmonov so'zlab beradi.

Pandemiyadan so'ng biznesni tiklash

Husan va Hasan Mamasaidovlar

Pandemiya dunyo inqiroziga olib keldi. Ko'plar o'z biznesini yo'qotyatgan bunday davrda haqiqiy tadbirkor biznesini inqirozdan olib chiqishi, uni tiklashi zarur. Ammo bu oson vazifa emas. Bunda MFaktoruz loyihasidan sizlarga tanish bo'lgan, katta tajribaga ega tadbirkorlar - Hasan va Husan Mamasaidovlar yordam beradi.

Krizis davrida xodimlar bilan ishlash

Ulug'bek Hojiaxmedov

Krizis holati ko'pchilikni sarosimaga solib qo'yadi. Bunday hollarda inson xatolarga yo'l qo'yishi oson. Ayniqsa kompaniyalarda bu seziladi. Krizis paytida tadbirkorning asosiy vazifasi - bu biznesni saqlab qolish, buning uchun esa xodimlar bilan ish jarayonini to'g'ri yo'lga qo'yish zarur. Xodimlar bilan qanday ishlash haqida Compass Consulting asoschisi Ulug'bek Xojiaxmedov so'zlab beradi.

Agro xo'jaligida IT yechimlari

Sanjarbek Nosirbekov

Informatsion texnologiyalar (IT) dunyo rivojlanishida hozirgi kunda katta ro'l o'ynayapti. Iqtisodiyotning har sohasiga IT jadal ravishda integratsiya qilinib kelmoqda, xususan Agrosektorda ham. Navbatdagi onlayn-seminarda (https://webinar2.camon.uz/b/agr-t4g-kth) aynan "Agro xo'jaligida IT yechimlar" mavzusi doirasida IT sohasidagi tadbirkor va ekspert - Sanjarbek Nosirbekov so'zga chiqadi.

Mahsulotlarni to'g'ri narxlash siyosati

Bahtiyor To'xtayev

AGROKOMP loyihasi doirasida navbatdagi onlayn-seminarni taqdim etamiz. Mahsulotga to'g'ri narx qo'yish muhim, chunki foydangizning hajmi shu narxga uzluksiz bog'liq. Kichkina xatolik ham kompaniya daromadiga katta ta'sir etishi mumkin. Seminar davomida mana shu haqda so'z boradi. Seminar spikeri sizgan tanish bo'lgan Bahtiyor To'xtayev - promarketing.uz rahbari, MDIST katta o'qituvchisi va 12 yillik tajribaga ega marketing mutaxassisi

Savdo uslublari va ko'nikmalar: FAB usuli, yangi va mavjud bo'lgan xaridorlar bilan munosabat o'rnatish

Alisher Rustamov

Savdo – haqiqiy san'at hisoblanadi. Uning o'z sirlari, metodlari va uslublari mavjud, xalqaro amaliyot esa yangidan yangi trendlarni yaratib kelmoqda. Xo'sh, savdoni xalqaro darajada qilish uchun nimalarni bilish kerak? Bu savolga javob topish uchun, tajribali marketolog Alisher Rustamovning seminarida qatnashing!

Raqobat bu yaxshi

Aziz Yusufov

Biznes qilish ko'pchilikning xayoliga kelgan. Kimdir bir g'oyani amalga oshirsa, biroz vaqt o'tib shu g'oyani albatta yana kimdir amalga oshiradi. Biznesda bu tabiiy holat. Bu narsa raqobat deyiladi. Ko'pchilik raqobatni yoqtirmaydi, negaki u ishni og'irlashtiradi, mijozlar oldiga tanlov qo'yadi. Ammo aslida, "Raqobat - bu yaxshi" narsa. Navbatdagi onlayn-seminarimiz aynan shu mavzuda bo'lib o'tadi.

Xaridorlarning shikoyatlari va nizolari bilan samarali ishlash asoslari

Alisher Rustamov

Sizga tanish spikerimiz – "Malevich Consulting" asoschilaridan biri, 14 yillik tajribaga ega mutaxassis Alisher Rustamov navbatdagi vebinarini sizga taqdim etadi.

Krizis sharoitida biznesni saqlab qolish

Jahongir Po'latov

Kirib kelgan krizis (inqiroz) iqtisodiyotni har sohasiga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Shu jumladan iqtisodiyotni asosiy oldiga tortuvchi kuchi - biznesga ham.

Tadbirkorlik fundamental asoslari

Ravshan Xalitkariev

Hamma narsaning boshlanishi mavjud. Tadbirkorlik ham bundan mustasno emas. Biznes o'zi nima? Biznes boshlashdagi asosiy qoidalar qanday? Bu savollarga javob topish uchun, Ravshan Xalitkariev (Master Expert asoschisi) ning seminarida qatnashing!

Men biznes ochganimni mijoz qayerdan bilsin?

Nigora Akilova

Faraz qiling – biznesingizni ochdingiz. Sarmoya ham topildi, biznes reja ham tuzildi, xodimlar ham tayyor. Lekin mijozlarni qayerdan topasiz? Ular sizni biznes ochganingizni qayerdan eshitib kelishadi?

Marketing asoslari

Baxtiyor To'xtaev

Biznesni oldinga tortuvchi kuchlarning orasida eng asosiylaridan biri – marketningdir. Aynan shu yo'nalishda kuchli bo'lgan kompaniyalar shubhasiz muvaffaqiyatga erishadilar. Ammo marketingni sirlari qanday? Bu savolga javob topish uchun, Baxtiyor To'xtayev (promarketing.uz rahbari, MDIST katta o'qituvchisi va 12 yillik tajribaga ega marketing mutaxassisi) ning seminarida qatnashing!

Hal qiluvchi lahza

Akbarov Saidakbarxon

Saidakbarxon Akbarov ishtirokida "Hal qiluvchi lahza" mavzusidagi onlayn-seminarni o'tkazib yubormang!

Ideal ish jarayoni

Umidjon Ishmuhammedov

Kompaniya – xuddi mukammal mashinadek ishlashi kerak. Undagi har bir element aniq bir vazifaga javob berishi, hamda u sizni bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga borishingiz uchun doimo oldinga yurishi darkor. Ish jarayoni o'z-o'zidan bo'lib ketadigan narsa emas, korxona kengaygandan keyin foyda topish emas balki xodimlarni boshqarish va sistema o’zi ishlashini ta’minlash – haqiqiy san'at.

Xodimlarni tanlash

Alisher Sa'dullayev

Har qanday kompaniya va tashkilot – bu jamoa. Rahbar va xodimlardan tashkil topgan bu mexanizm samarali ishlashi uchun albatta xodim tanlashda adashmaslik kerak. Insonning potensiali, imkoniyatlari va samaradorligini oldindan bilib olsa bo'ladimi? Sizni bu savollar qiziqtirsa, Alisher Sa'dullayevning seminariga marhamat.

Investor izlab

Ahmad Melibaev

Biznes reja tayyor bo'lgandan keyin, har bir tadbirkorga pul kerak! Albatta, tadbirkor o'zini pulini "tikishi" ham mumkin, lekin ko'pincha hamma investorning pulini qidiradi.

G'oyalar qanday tug'iladi?

Usmon Rahimjanov

Aynan g'oya har qanday ishni start olishiga sababchi bo'lishi – sir emas. Lekin g'oyalarni qayerdan olish mumkin? Ular qanday tug'iladi? Navbatdagi onlayn-seminarimiz aynan shu mavzuga bag'ishlangan. Spikerimiz esa: Usmon Rahimjonov bu haqida o'z tajribalari bilan bo'lishadilar.

Biznes o'zi nima?

Ulug'bek Ismatov

"Biznesga qadam" loyihamizning ilk seminariga tayyormisiz? Mavzumiz – o'ta qiziq: BIZNES O'ZI NIMA? Biz bu so'zni deyarli har kuni eshitamiz, ammo asl mohiyatini anglashga urinib ko'rganmizmi?