Mening ismim Akishkin Oleg, men 2014-yildan beri Internet-marketing bilan shug’ullanaman. Men Google va Yandex’ning sertifikatlangan mutaxassisiman.
Internetda samarali ishlash uchun, tashkilotning biznes modeliga kiritilgan barcha asosiy ko’rsatkichlarni (KPI) kuzatish muhimdir. Aynan ushbu ko’rsatkichlar sizning biznesingiz muvaffaqiyatining o’lchovi bo’ladi. Bunda veb-analitika (tahlil) bizga yordam beradi!
Mening kursimda siz asosiy tahlil vositalari bilan qanday ishlashni o’rganasiz. Ularning xususiyatlari va farqlari haqida bilib olasiz. Kurs oxirida saytingiz samaradorligini oshirish va uning auditoriyalari bilan ishlash uchun barcha zarur ko’nikmalarni olasiz.